27 mart kuni telegram-kanallarda Chorvoq suv omborida suv sathining pasayishi oqibatida yuzaga chiqib qolgan odam suyaklari aks etgan video tarqaldi. Video mualliflari tomonidan ushbu suyaklar bu erga cho`milgani kelib cho`kib ketgan odamlarga tegishli bo`lishi mumkinligi aytilgandi.
Bo`stonliq tuman prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida suv omborining ushbu qirg`og`ida bundan bir necha yillar avval Bo`stonliq tumanidagi «Bolodala» mahallasi aholisining «Bezgati bog`» qabristoni bo`lgani, Chorvoqda suv sathining ko`tarilishi natijasida qabriston suv ostida qolib ketgani aniqlangan.
Ayni paytda suv omborida suv sathi pasaygani sababli qabristondan odam suyaklari yuzaga chiqib qolgan.
Qayd etilishicha, Chorvoq suv omborida har yilning boshida suv sathi pasayishi natijasida bunday holatlar kuzatilib turadi. Hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
12.05.2023, 09:55
Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, hodisa joriy...29.04.2023, 11:56
Farg`ona viloyatida dahshatli qotillik yuz berdi. Bu haqda "Millar" dasturida xabar qilindi.Ma`lum qilinishicha, erkak o`zining xotini va qanotasini vahshiylarcha pichoqlab o`ldirgan. Bunga sabab oilaviy kelishmovchilik...26.04.2023, 10:39
Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryo viloyat Denov tuman Katta karshi mahallasida onasi tomonidan ayovsiz kaltaklangan qizchaning holati aks etgan videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan Denov tuman Ichki ishlar boshqarmasi...17.04.2023, 13:04
Pastdarg`om tumanida 31 yoshli ayol 33 yoshli erkakdan tovlamachilik yo`li bilan pul talab qildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, erkak...