AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonda mart oyida mahsulotlar va xizmatlar narxi 1 foizga oshdi

'O`zbekistonda mart oyida mahsulotlar va xizmatlar narxi 1 foizga oshdi'ning rasmi

Mart oyida iste`mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o`rtacha 1 % ga oshgan. Bu haqda Statistika agentligi ma`lumotlarida qayd etilgan. 

Qayd etilishicha, iste`mol sektoridagi narxlarning yillik o`sish darajasi 11,7 % ga etdi.  

2023 yilning mart oyida narxlar va tariflar o`sishida etakchi o`rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari o`rtacha 1,6 foizga oshgan.

Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,7 % ga va aholiga pullik xizmatlar ko`rsatish 0,4 foizga oshgani kuzatilgan.

 

    Boshqa yangiliklar