AsosiyIqtisodiyot

Rossiyada O`zbekistonga neft etkazib berishni oshirish muhokama qilindi

'Rossiyada O`zbekistonga neft etkazib berishni oshirish muhokama qilindi'ning rasmi

Joriy yilning 14 aprel kuni Moskva shahrida O`zbekiston Energetika vaziri Jo`rabek Mirzamahmudov va Rossiya Federasiyasi hukumati raisi o`rinbosari Aleksandr Novak o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda Rossiya Federasiyasidan neft va neft mahsulotlarini etkazib berish hajmlarini oshirish, energetika sohasidagi loyihalarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilingan.

Mavjud masalalarni hal etishda o`zaro manfaatli asosda doimiy hamkorlik qilib borishga kelishib olingan.

Rossiya hukumati Matbuot xizmatiga ko`ra, suhbat chog`ida O`zbekistonga neft va neft mahsulotlari etkazib berishni ko`paytirish imkoniyatlari, shuningdek, “Rosatom”ning yangi yadroviy inshootlarni qurishdagi ishtiroki istiqbollari muhokama qilingan. 

    Boshqa yangiliklar