O`zbekistonda yil boshidan buyon ochilgan har uchinchi xorijiy kompaniya ruslar hissasiga to`g`ri kelmoqda

Iqtisodiyot 20.04.2023, 11:32
O`zbekistonda yil boshidan buyon ochilgan har uchinchi xorijiy kompaniya ruslar hissasiga to`g`ri kelmoqda

Joriy yilning yanvar-mart oylarida O`zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida 751 ta yangi korxona tashkil etildi, deya xabar bermoqda Rossiya Savdo vakolatxonasi matbuot xizmati O`zbekiston prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma`lumotlariga tayanib.

Shu bilan birga, ularning 30% dan ortig`i, ya`ni 243 tasi Rossiya ishtirokida ochilgan. Bu ko`rsatkich 2021 yilning shu davriga nisbatan ikki barobar ko`pdir: o`shanda respublikada Rossiya kapitali ishtirokida 107 ta korxona tashkil etilgan.

2023 yil 1 aprel holatiga ko`ra, O`zbekistonda rossiyalik investorlar tomonidan ochilgan jami 2821 ta korxona mavjud.

Rossiyadan tashqari, Xitoy (118 korxona), Turkiya (67 korxona), Qozog`iston (57 korxona) va Janubiy Koreya (20 korxona) investorlari sezilarli faollik ko`rsatdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1