O`zbekistonda yanvar-mart oylarida benzin ishlab chiqarish hajmi oshdi. Shuningdek, Statistika agentligi ko`mir, neft va gaz kondensati necha tonnadan ishlab chiqarilgani haqida ma`lumot e`lon qildi.
Xabar qilinishicha, 2023 yilning yanvar-mart oylarida O`zbekistonda 385,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 33,5 foizga oshgan.
2023 yilning yanvar-mart oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
- Avtomobil benzini – 385,5 ming tonna;
- ko`mir – 989,1 ming tonna;
- neft – 195,5 ming tonna;
- gaz kondensati – 319,5 ming tonna;
- avtobus – 200 dona;
- yuk avtomobillari – 557 dona;
- avtomobil dvigatellari – 44,2 ming dona,
- engil avtomobillar (maxsus engil avtomobillardan tashqari) – 50 018 dona ishlab chiqarilgan.