1

O`zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yil boshidan buyon qariyb 15 milliard dollarni tashkil etdi

Iqtisodiyot 23.04.2023, 10:54
O`zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yil boshidan buyon qariyb 15 milliard dollarni tashkil etdi

Statistika agentligining dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yilning yanvar-mart oylarida O`zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 14,8 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 1,6 mlrd AQSh dollariga yoki 11,9 % ga oshgan.

 3 oyda O`zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 5,7 mlrd AQSh dollari va import 9,1 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan.  

O`zbekiston 2023 yilning yanvar-mart oylarida jahonning 167 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

️Eslatib o`tamiz, O`zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvarda 5 mlrd AQSh dollarini, fevralda qariyb 4 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan edi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1