1

O`zbekistonlik olimlar piyozning erta pishar yangi navni yaratishdi

Iqtisodiyot 25.04.2023, 16:36
O`zbekistonlik olimlar piyozning erta pishar yangi navni yaratishdi

Qishloq xo`jaligi vazirligi huzuridagi "Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik" ilmiy-tadqiqot instituti Andijon ilmiy-tajriba stansiyasi olimlari piyozning "Malla" navini yaratishdi.

Ushbu nav intensiv usulda etishtirilayotgani bilan ajralib turadi.

Yangi piyoz navining urug`i erga martning dastlabki o`n kunligida sepiladi. 15 sotix er maydoniga 10-12 kilogramm piyoz urug`i sepiladi, shu maydondan terib olingan piyozboshchalar bir gektar maydonga etadi. Piyozboshchalar gilos kattaligida bo`lgandan so`ng yig`ib olinadi. Piyozboshchalar quritilib, alohida joyga olib qo`yiladi. Sentyabr oyining birinchi dekadasida piyozboshchalar 70×10 sxemada 4 qatordan gektariga 571,4 ming dona ekiladi.

Piyozboshchalar ekilganidan so`ng unga bir marotaba suv qo`yiladi. Shundan so`ng piyozboshchalar ko`kara boshlaydi.

Qishning sovuq kunlarida etishtirilgani uchun piyozlarni o`tash shart emas, sababi, ushbu mavsumda o`tlar o`z-o`zidan nobud bo`ladi.

Ekilgan piyozlarga erta bahorda bir marotaba ishlov beriladi. Shuningdek, bir marotabadan kultivasiya va chopiq, engil oziqlantirish ishlari amalga oshiriladi. Uni yana ikki marotaba sug`oriladi.

Bahorda, ya`ni 15 aprelda piyoz texnik pishib etiladi va aholi iste`moli uchun mahalliy bozorlarga chiqariladi. Yangi piyoz navining afzalligi – u odatiy piyozlarga qaraganda bir oy oldin pishib etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1