1

Endi dori vositalari narxlarining sun`iy oshirilishining oldi olinadi

Iqtisodiyot 01.05.2023, 12:47
Endi dori  vositalari narxlarining sun`iy oshirilishining oldi olinadi

Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasi tomonidan “FAIR TECH” yagona axborot tizimi doirasida alohida modul ishlab chiqildi. Bundan ko`zlangan asosiy maqsad iste`molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va farmatsevftika sohasida qonunchilik me`yorlarining iste`molchi foydasiga ishlashini interaktiv usullarda nazorat qilishdan iborat.

Ushbu yangi tizim bo`yicha murojaatlarni ko`rib chiqish onlayn tarzda tezkor amalga oshiriladi hamda korrupsiyani keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan holatlar oldi olinadi. Shuningdek, sohada yangi yo`nalish sifatida iste`molchilarga etkazilgan zararni qoplashning ta`sirchan mexanizimi joriy etiladi.

Bunining huquqiy asosi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 oktyabrdagi  PQ-411- sonli  “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta`minlash yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga muvofiq belgilangan.

Yangi tartibga ko`ra, 2023 yil 1 maydan iste`molchilar tomonidan dorixonalarda xarid qilingan dori vositalari va tibbiy buyum xarid cheklarning             QR-kodi «Soliq» mobil ilovasida ro`yxatdan o`tkazilganda belgilangan ustamalardan ortiqcha mablag` olinganligi aniqlansa, avtomatik ravishda Raqobat qo`mitasiga xabar yuborilib, ortiqcha olingan mablag`ni iste`molchiga qaytarish tizimi ishga tushirilmoqda. Hozirda tarmoq Soliq qo`mitasi hamda Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligining elektron tizimlari bilan o`zaro integrasiya qilingan va hamkorlikdagi o`zaro ma`lumotlar almashinuvi bo`yicha ishlaydi. Sifatli monitoring tizimini samarali ishlashi hamda texnik jihatdan ishlarni tezkor va sifatli amalga oshirilishini ta`minlash maqsadida Raqobat qo`mitasining hududiy boshqarmalari planshetlar bilan ta`minlandi.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston Respublikasi  Prezidentining “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta`minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to`g`risida”gi  (30.10.2016-yildagi PQ-2647-sonli) qaroriga muvofiq, dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish ularni etkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat`iy nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo`lmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qo`llash tartibi belgilangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1