1

O`zbekistonda elektron xizmatlar ko`rsatuvchi xorijiy kompaniyalar 32,4 mlrd so`m soliq to`ladi

Iqtisodiyot 08.05.2023, 18:10
O`zbekistonda elektron xizmatlar ko`rsatuvchi xorijiy kompaniyalar 32,4 mlrd so`m soliq to`ladi

2023 yil yanvar-aprel oylarida O`zbekistonda elektron xizmatlar ko`rsatuvchi 42 ta xorijiy kompaniya tomonidan 32,4 mlrd so`m soliq to`langan. Bu o`tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobar ko`p. Bu haqda DSQ xabar bermoqda. 

Elektron xizmatlar ko`rsatuvchi chet el yuridik shaxslari o`tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to`laydi. 


Bunda, to`langan soliqlarning 95 foizi elektron xizmatlar ko`rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to`g`ri keladi:

- Meta - 12,1 mlrd so`m;
- Google - 9,3 mlrd so`m;
- Apple - 6 mlrd so`m;
- Vooking.som - 1,1 mlrd so`m;
- Netflix - 1,1 mlrd so`m;
- Xsolla - 632,9 mln so`m;
- Yandex - 363 mln so`m;
- Paddle.som - 321 mln so`m;
-Linkedin - 275,6 mln so`m;
- Adobe Systems - 221 mln so`m.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1