Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, hodisa joriy yil 7 may kuni soat 23:30 larda Uzun tumanidan o`tuvchi 4K-620 avtomobil yo`lining 51-kilometrida sodir bo`lgan. Denov yo`nalishidan harakatlanib kelayotgan Gentra haydovchisi xavfli burilishlarga e`tibor bermasdan, chalg`ishi oqibatida boshqaruvni yo`qotib, mashina jarlikka tushib ketgan.
Avtohalokatda 1 nafar fuqaro voqea joyida, yana bir fuqaro esa shifoxonada halok bo`lgan. Qayd etilishicha, yo`l tog`li hududda joylashgan bo`lib, hududda yo`l belgilari etarli darajada o`rnatilgan. Yo`l chetiga ham to`siqlar joylashtirilgan, ammo haydovchi ushbu to`siqlar bo`lishiga qaramay, etarli darajada qoidaga amal qilmagani sababli jarlikka qulab ketgan.
13.09.2023, 11:02
Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol o`tkazib...07.09.2023, 13:15
Terrorchilik tashkilotlaridan biriga rahbarlik qilgan O`zbekiston fuqarosi Suriyadagi janglardan birida halok bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahri IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, 1972 yilda tug`ilgan...06.09.2023, 10:12
Kecha, 4 sentyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanida noma`lum shaxs pod`ezdga kirib ketayotgan qizga hujum qilgani haqida xabar qilingan edi. Ayni paytda Toshkent shahar IIB...31.08.2023, 12:47
Bugun, 31 avgust kuni soat 03:53 larda Kitob Dehqon oziq-ovqat bozori hududidagi savdo do`konlaridan birida yong`in sodir bo`layotgani to`g`risida xabar kelib tushdi, deya xabar bermoqda...