Xonanda Nilufar Usmonovaning farzand kutayotgani haqidagi taxminlarimiz haqida avval xabar bergandik. Kuni kecha xonanda tomonidan Instagramga joylangan surat va sharh uning ushbu holati haqiqatga yaqinligini yana bir bor isbotladi.
Mazkur postda xonanda Hulkar Abdullaevaning “Eyasim galdi” taronasi haqida so`z boradi.
“Yok-ey ana ina galdi kavob yiyasim galdi shirkavob yiyasim galdi... Likillab durgangina qaltirab durgan dumbala salingangina kavob eyasim galdi”, deya Nilufar Hulkar Abdullaevaning mazkur taronasini e`tirof etdi.
“Sevdim bu qizni ijodini. Esimdan ko`tarilay debdi “Paka-pak” va “Lazgi”siga rosa chap yonga o`ng yonga raqs tushibman, kayfitinglar bo`lmasa yutubga kirib uning kliplarini ko`ringlar”, deya xulosa qildi Nilufar.
Darvoqe, Nilufarning ushbu yozganlariga uning homiladorligini yana bir bor qayd etib, uning ushbu holatida bu oddiy holligini aytshgan.
Darvoqe, Hulkar Abdullaevaning "Eyasim galdi" klipida homilador ayolning qiziqarli holati "boshi qorong`uligi" aks etadi.