AsosiySiyosat
3467

O`zbekiston TIV Shimoliy Koreyaning kosmik raketa uchirganiga xavotir bildirdi

'O`zbekiston TIV Shimoliy Koreyaning kosmik raketa uchirganiga xavotir bildirdi'ning rasmi

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Shimoliy Koreya tomonidan kosmik raketa uchirilganiga xavotir bildirdi. 

"O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Shimoliy Koreya tomonidan 31 may kuni tashuvchi kosmik raketa uchirilganidan xavotir bildiradi.Ushbu holat Koreya yarimorolidagi keskinlikning yanada kuchayishiga olib keladi.

BMT Xavfsizlik kengashi rezolyusiyalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga muvofiq ommaviy qirg`in qurollarining barcha turlarini sinovdan o`tkazishdan bosh tortish tarafdorimiz. O`zbekiston tomoni bundan keyin ham umumiy farovonlik va taraqqiyot yo`lida Koreya yarimorolida xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha faol qadamlarni qat`iy qo`llab-quvvatlaydi", — deyiladi TIV xabarida

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar