1

Misr Jizzaxda qand lavlagi etishtirmoqchi

Iqtisodiyot 02.06.2023, 22:03
Misr Jizzaxda qand lavlagi etishtirmoqchi

Qishloq xo`jaligi vazirligida O`zbekistonga tashrif buyurgan Misrning Orascom Investment Holding kompaniyasi raisi Najib Saviris boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv o`tkazildi.

Uchrashuvda Misr investisiyalari ishtirokida O`zbekistonda qand lavlagini etishtirish va shakar ishlab chiqarish borasida hamkorlikni yo`lga qo`yish masalalari muhokama etildi.

O`zbekistonga 2022 yilda umumiy qiymati 2,2 mlrd dollarga teng kundalik oziq-ovqat mahsulotlari import qilingan bo`lib, uning asosiy qismini go`sht va don mahsulotlari, kungaboqar yog`i hamda shakar tashkil etgan.

Ushbu hamkorlik loyihasi uchun Jizzax viloyatining G`allaorol tumani va Toshkent viloyati Ohangaron tumanida er maydonlari bilan tanishish taklif etildi. Orascom Investment Holding kompaniyasi vakillari loyihaning dastlabki fazasida taxminan 200-300 mln dollar miqdorida investisiya kiritilishi, 30-50 ming gektar er maydonida qand lavlagi etishtirilishi rejalashtirilganini ma`lum qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1