1

O`zbekistonlik tadbirkorlar Istanbuldagi xalqaro ko`rgazmada ishtirok etdi

Iqtisodiyot 04.06.2023, 19:37
O`zbekistonlik tadbirkorlar Istanbuldagi xalqaro ko`rgazmada ishtirok etdi

Joriy yilning 1-3 iyun kunlari Istanbul shahrida Xalqaro ip-kalava ko`rgazmasi bo`lib o`tdi.

TUYAP markazida tashkil etilgan ushbu ko`rgazmada O`zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ko`magida “UzTex”, “Global Tekstil Solutions”, “Denov Tekstil”, “Baxt Tekstil”, “Polytex Sirdaryo”, “Sulton Tex Group” kabi bir necha ishlab chiqarish  korxonalari qatnashdi.

Ko`rgazma doirasida O`zbekiston kompaniyalari va Turkiyaning yirik ishbilarmonlari o`rtasida “B2B” uchrashuvlari tashkil etildi. Tomonlar o`zaro manfaatli hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag`batlantirish agenligi va “O`zbekengilsanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda mamlakatimizning eksport, investision va turistik salohiyatiga bag`ishlangan taqdimotlar o`tkazildi.

O`zbekiston kompaniyalarining Istanbul Xalqaro ip-kalava ko`rgazmasidagi ishtiroki “Demiroren axborot agentligi”ga tegishli ommaviy axborot vositalari hamda Turkiyaning boshqa bir qator elektron nashrlarida keng yoritildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1