AsosiyIqtisodiyot

Savdo korxonalari kirim qilingan tovarlarni EHF asosida realizasiya qilishi lozim

'Savdo korxonalari kirim qilingan tovarlarni EHF asosida realizasiya qilishi lozim'ning rasmi

Elektron hujjat aylanishi operatorlari axborot tizimlarida QQS to`lovchisi bo`lgan ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub`ektlari faqat EHF asosida kirim qilingan tovarlarga elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirishi mumkin.  

Ma`lumot uchun. Rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash, ulardan foydalanish va realizasiya qilish soliq huquqbuzarligi hisoblanadi.  

Axborot tizimi avtomatik ravishda soliq to`lovchining ulgurji yoki chakana savdo korxonasi va QQS to`lovchisi ekanligi tekshiradi.  

Bunda soliq to`lovchilar tomonidan qonunchilikka asosan kirim qilinmagan mahsulotlar uchun EHF rasmiylashtirishda dastur tomonidan avtomatik ravishda xatolik qayd etiladi.  

Ya`ni MXIK kodi bo`yicha 2022 yil 1 yanvardan boshlab mahsulot kirim qilinmaganligi haqida ma`lumot paydo bo`ladi.  

Agar soliq to`lovchida tovarlar kirim qilinganligini asoslovchi hujjatlar (ma`lumotlar) mavjud bo`lsa, hududiy soliq boshqarmalariga murojaat qilish tavsiya etiladi. Murojaatlar belgilangan tartibda ko`rib chiqilib, qisqa muddatlarda javob qaytariladi.

    Boshqa yangiliklar