Xitoyda Apple kompaniyasining yangi smartfoni iPhone 7 egasining qo`lida portlab ketdi, deb xabar beradi “Vesti”.
Chjenchjou shahrida yashovchi yigit smartfon yordamida videorolikni suratga olmoqchi bo`lganida portladi. Portlash oqibatida smartfon qoq o`rtasidan ikkiga bo`linib ketdi. Yigit esa yuzi va qo`lidan bir nechta jarohat oldi. Ma`lumotlarga ko`ra, Apple kompaniyasining Xitoydagi bo`linmasi portlash haqidagi xabarni AQShdagi shtab-kvartirasiga ma`lum qilgan.
Avvalroq smartfonlar portlash muammosi Apple`ning asosiy raqibi Samsung Electronics kompaniyasida ham kuzatilgan edi. Sentyabr oyida kompaniya portlash xavfi sababli Galaxy Note 7 smartfonlari sotuvini to`xtatdi.
Xitoy OAVlarining yozishicha, iPhone 7`ning portlashi Samsung smartfonlari portlashidan farq qiladi. Chunki portlash oqibatida iPhone 7`ning batareyasi zararlanmagan.