1

Endilikda barcha shaxsiy tomorqa egalari ish staji hisoblash uchun ixtiyoriy soliq to`lashi mumkin

Iqtisodiyot 17.06.2023, 12:12
Endilikda barcha shaxsiy tomorqa egalari ish staji hisoblash uchun ixtiyoriy soliq to`lashi mumkin

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O`RQ–847-son, 16.06.2023 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga norasmiy bandlikni qisqartirishga qaratilgan o`zgartishlar va qo`shimcha kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.   

Soliq kodeksiga kiritilgan o`zgartish va qo`shimchaga ko`ra, shaxsiy tomorqasida band bo`lgan yoki mazkur maydonda, issiqxona, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bog`dorchilik, limonchilik, gulchilik bilan shug`ullanayotgan tomorqa er egalari yoki ularning oila a`zolari erning maydoni yoki hayvon va parranda sonidan qat`i nazar o`zlariga mehnat stajini hisoblashi uchun ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to`lashi mumkin.

Ilgari er 0,04 gektar, qoramol yoki 50 bosh parranda bo`lsa ijtimoiy soliq to`lashga ruxsat berilgan.

Shu sababli “Tomorqa xo`jaligi to`g`risida”gi Qonundan er uchastkasi va hayvonlar soniga qo`yilgan talablar chiqarib tashlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1