1

“Rastamojka” bo`yicha yangi qaror mashinalar narxiga qanday ta`sir qiladi?

Iqtisodiyot 17.06.2023, 12:31
“Rastamojka” bo`yicha yangi qaror mashinalar narxiga qanday ta`sir qiladi?

Avval xabar berganimizdek, Prezident tomonidan ayrim toifadagi mashinalar uchun bojxona to`lovlarini keskin kamaytirish bo`yicha uzoq kutilgan qaror imzolandi.

Xo`sh, yangi qaror narxlarga qanday ta`sir qiladi?

1 000 – 1 200 sm kub hajmli avtomobil uchun

Ushbu toifaga kiruvchi (1197 sm kub) bozor narxi 20 ming AQSh dollari bo`lgan avtomobilni misol sifatida olamiz. Bunda quyidagi majburiy to`lovlar mavjud:

-Bojxona boji

Avval: 3 718 dollar (15 foiz + 0,6 AQSh doll/kub sm).

Hozir: 1 000 dollar (5 foizga tushirildi).

Farq: 2 718 dollar

QQS (12%)

Avval: 2 846 dollar

Hozir: 2 520 dollar

Farq: 326 dollar

Utilizasiya yig`imi (bazaviy stavkaning 120 baravari)

Taxminan 3 385 dollar (39 mln 600 ming so`m)

Bojxona yig`imi (0,2%)

40 dollar

YaKUNIY NARX:

Avval: 29 ming 989 dollar (20 ming dollar mashina narxi + 9 989 dollar majburiy to`lov)

- Hozir: 26 ming 945 dollar

- Farq: 3 ming 044 dollar

Demak, dvigatel hajmi 1 000 – 1 200 sm kub, narxi 20 ming AQSh dollari bo`lgan avtomobil uchun to`lanadigan majburiy to`lovlar taxminan 3 ming 044 AQSh dollariga arzonlaydi (ushbu hisob-kitoblarda logistika narxi hisobga olinmagan).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1