1

Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 1 trln 203 mlrd so`mdan oshdi

Iqtisodiyot 01.07.2023, 13:42
Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 1 trln 203 mlrd so`mdan oshdi

Joriy yilning may oyida 2,3 mln.ga yaqin iste`molchilar tomonidan 134,3 mlrd so`m keshbek yig`ilgan. Shundan 25 iyunda 1,6 mlnga yaqin iste`molchiga 41,4 mlrd so`m keshbek tasdiqlandi. Bu haqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, 26 iyun kuni yana 909 mingdan ortiq iste`molchiga 60,9 mlrd so`m keshbek tasdiqlangan.

Tasdiqlanish jarayonida keshbekni bank kartasiga o`tkazish 26 iyun 23:00 dan 27 iyugn 10:00 ga qadar to`xtatib turildi.

27 iyun kuni soat 10:00 dan boshlab bank kartasiga o`tkazib olish mumkin bo`ldi.

Soliq qo`mitasi chekni ro`yxatdan o`tkazgan jismoniy shaxsdan uning haqiqiy xaridlari to`g`risidagi tasdig`ini so`rab olishga, xarid haqiqatda ushbu jismoniy shaxs tomonidan amalga oshirganligi shubhali bo`lgan taqdirda keshbek qaytarishni rad etish to`g`risida qaror qabul qilishga haqli.

Tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan:

▪️soliq hisobotlari topshirilishi;

▪️hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;

▪️ soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda to`lab boriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1