1

Ko`p ayron ichadigan insonlarda disbakterioz kam uchraydi

Salomatlik 02.07.2023, 14:54
Ko`p ayron ichadigan insonlarda disbakterioz kam uchraydi

Issiq kunlarda inson tanasi ko`p suyuqlik yo`qotadi. Bunday paytda organizmning suv balansini kerakli ichimliklar bilan tiklash juda muhim.

Chanqoq payti oddiy suvdan tashqari o`simlik choylari (romashka, yalpiz va boshqalar), olcha, olxo`ri kabi nordon mevalardan tayyorlangan sharbatlar va albatta, ayron ichish juda foydali.

Ayron chanqoqni bosishi bilan birga, ishtahani ham ko`taradi, ichak mikroflorasini tozalaydi, nafas olish va yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydi, immunitet va asab tizimi uchun ham koni foyda.

Ko`p ayron ichadigan insonlarda disbakterioz kam uchrashi ham isbotlangan.

Yana shunday mahsulotlar borki, ular ham chanqoqni yaxshi bosadi. Bularga bodring, selderey, qovun, tarvuz, apelsin kiradi.

Ayniqsa, yozgi taom bo`lmish okroshka ham chanqoqni bosadi hamda u kerakli mikroelement va vitaminlarga boydir.

Biroq yozda oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar tarkibi tez buzilishini e`tiborga olsak, bozorlarda, yo`l yoqalarida sotiladigan qo`lbola hamda yaroqlilik muddati o`tgan ichimliklarni ichish salomatlik uchun xavfli.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1