1

O`zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni ma`lum qilindi

Iqtisodiyot 02.07.2023, 17:16
O`zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni ma`lum qilindi

Hozirgi kunda O`zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 4 million 447 ming 597 nafarni tashkil qiladi. Bu haqda Pensiya jamg`armasi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, respublikada pensiya oluvchilar 3 million 839 ming 508 nafardan iborat bo`lsa, nafaqa oluvchilar 608 ming 89 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 2023 yilning 1 iyun holatiga ko`ra:

  • yoshga doir pensiya oluvchilar - 3 182 617 nafar;
  • nogironlik pensiyasini oluvchilar - 426 532 nafar;
  • boquvchisini yo`qotganlik pensiyasini oluvchilar - 230 359 nafarni tashkil qiladi.

Tayinlangan nafaqalar bo`yicha:

  • pensiya yoshiga etgan erkaklar va ayollar - 60 829 nafar;
  • bolalikdan nogironligi bo`lgan farzandli onalar - 8738 nafar;
  • ish staji yo`q 1-2-guruh nogironligi bor shaxslar 90 840 nafar;
  • boquvchisini yo`qotgan oilalar - 48 293 ta;
  • 18 yoshdan katta 1-2-guruh bolalikdan nogironligi bor shaxslar - 175 912 nafar;
  • 18 yoshgacha nogironligi bor bolalar - 160 746 nafar;
  • 18 yoshgacha nogironligi bor farzandni parvarish qilayotgan ota (ona) - 62 731 nafar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1