AsosiyIqtisodiyot

May oyi uchun iste`molchilarga 102,4 mlrd so`m keshbek to`lab berildi

'May oyi uchun iste`molchilarga 102,4 mlrd so`m keshbek to`lab berildi'ning rasmi

Joriy yilning may oyida 2,3 mlndan ortiq iste`molchilar tomonidan 134,3 mlrd so`m keshbek yig`ilgan bo`lib, shundan 1,8 mlnga yaqin iste`molchiga 102,4 mlrd so`m keshbek to`lab berildi. Bu haqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 1 trln 300 mlrd so`mdan oshdi.

Qayd etilishicha, tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan:

▪️ soliq hisobotlari topshirilishi;

▪️ hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;

▪️ soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda to`lab boriladi.

    Boshqa yangiliklar