“Uzbekistan GTL” zavodi quvvatlarining bosqichma-bosqich ishga tushirilishi, ishlab chiqarish hajmining ortishi hamda iste`molchilarni sifatli va ekologik toza dizel yoqilg`isi bilan ta`minlash maqsadida joriy yilning 12 iyulidan boshlab Respublika tovar-xom ashyo birjasi orqali sotuvga qo`yiladigan sintetik dizel yoqilg`isi bir tonnasining boshlang`ich narxi 10 116 972 so`mdan 9 499 953,08 so`mgacha arzonlashtirildi.
Shu bilan birga, “O`zbekneftgaz” AJ yarim sintetik dizel yoqilg`isining narxi bir tonna uchun 13 488 974 so`mdan 11 673 687 so`mgacha pasaytiriladi.
"GTL" dizel yoqilg`isi “Evro-6” standartining Evropa sifat darajasiga javob beradigan zamonaviy va yuqori sifatli yoqilg`idir.
"GTL" dizeli “Evro-4” va undan yuqori standart yonilg`ida ishlaydigan engil avtomobillar va yuk mashinalari, shuningdek, mahalliy va xorijda ishlab chiqarilgan katta gabaritli va maxsus dizel yonilg`ili transport vositalari uchun ideal tarzda mos keladi.






