Soliq to`lovchilarga xizmat ko`rsatishda amalga oshirilayotgan konstruktiv muloqotlar jarayonida bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda elektron hisobvaraq-fakturalarni (EHF) rasmiylashtirishda “Etkazib beruvchi toifasi” hamda “Realizasiya maqsadi”ni tanlash talabi chiqarib tashlanmoqda.
Shuningdek, tadbirkorlik subektlariga teng raqobat sharoitini yaratish, jumladan ichki bozorni himoyalashga qaratilgan tegishli qarorlarni qabul qilishda zarur axborotlarni to`plash, tahlil qilish natijasi bilan tadbirkorlik subektlariga manzilli engilliklar qo`llashda foydalanish uchun EHF “Tovarning kelib chiqish” ustunida IXTIYoRIY RAVIShDA quyidagilardan birini tanlash so`ralmoqda:
- O`zi ishlab chiqargan;
- Oldi-sotdi;
- Xizmat ko`rsatish;
- Ishtirok etmayman.
Bunda, soliq to`lovchi tovarni o`zi ishlab chiqargan bo`lsa “O`zi ishlab chiqargan”, xarid qilingan mahsulotni sotayotgan bo`lsa “Oldi-sotdi”, kelib chiqishi to`g`risidagi ma`lumotni ko`rsatishni istamasa “Ishtirok etmayman” qatorini tanlashi mumkin.
EHFda ko`rsatilgan MXIK xizmatlarga tegishli bo`lsa “Tovarning kelib chiqishi” ustunida “Xizmat ko`rsatish” so`zi avtomatik tarzda aks etadi.
Mazkur ustunni ixtiyoriy to`ldirish 2023-yil 14-iyuldan boshlanib, amaliyotda ishtirok etish yoki etmaslik EHF shakllantirish va jo`natishda hech qanday cheklovlarni keltirib chiqarmaydi.
Soliq qo`mitasi teng raqobat sharoitini yaratish va tadbirkorlik subektlarini manzilli qo`llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishga hissa qo`shishlari uchun soliq to`lovchilarni ushbu jarayonda faol ishtirok etishlarini so`raydi.