AsosiyIqtisodiyot

Xalqaro valyuta jamg`armasi va Osiyo taraqqiyot banki missiyasi soliq ma`muriyatchiligiga baho beradi

'Xalqaro valyuta jamg`armasi va Osiyo taraqqiyot banki missiyasi soliq ma`muriyatchiligiga baho beradi'ning rasmi

Soliq qo`mitasida Xalqaro valyuta jamg`armasi (XVJ) va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) mutaxassislari rahbarligida Soliq ma`muriyatchiligini diagnostik baholash vositasi (TADAT) missiyasi o`tkazilmoqda.  

10 iyuldan 26 iyulgacha davom etadigan TADATning asosiy maqsadi – O`zbekiston soliq tizimini yanada isloh qilish va takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlarni rejalashtirishda hisobga olinadigan soliq ma`muriyati tizimining asosiy tarkibiy qismlari samaradorligini xolis, standartlashtirilgan baholashni ta`minlashdan iborat.  

Soliq xizmati faoliyatini tahlil qilish 9 ta asosiy ko`rsatkichga ta`sir qiladi, shu jumladan, ro`yxatdan o`tgan soliq to`lovchilar ma`lumotlar bazasining yaxlitligi, xavflarni samarali boshqarish, soliq to`lovchilarga soliq qonunchiligiga rioya qilishda yordam ko`rsatish, soliq hisobotlarini o`z vaqtida topshirish va ulardagi ma`lumotlarning haqqoniyligi, soliqlarni o`z vaqtida to`lash, soliq hisobotlarida ko`rsatilgan ma`lumotlarning ishonchliligi, soliq nizolarini hal etish tartib-taomillarining samaradorligi, daromadlarni samarali boshqarish, soliq organlarining hisobdorligi va shaffofligi.  

Missiya davomida Soliq qo`mitasining tegishli bo`linmalari mutaxassislari bilan uchrashuvlar o`tkazilib, xalqaro ekspertlar bilan diagnostik baholash uchun asos bo`ladigan masalalar muhokama qilinmoqda.  

Ma`lumot uchun.

  • Iyun oyida soliq organlari xodimlari uchun soliq ma`muriyatchiligini diagnostika baholash vositasidan foydalanish bo`yicha o`quv seminari o`tkazilgan

 

  • Aprel oyida XVJ missiyasi soliq xavflarini boshqarish tizimini o`rgangan

    Boshqa yangiliklar