AsosiyJINOYAT

Rossiyadagi eri bilan janjallashgan ayol farzandlarini kaltakladi. Onaga nisbatan jinoiy ish ochildi (video)

Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida 1996 yilda tug`ilgan ayol Rossiyada ishlovchi er...

Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida 1996 yilda tug`ilgan ayol Rossiyada ishlovchi eri bilan janjallashishi oqibatida ikki nafar voyaga etmagan qiz farzandlarini kaltaklab, uni tasvirga olib, eriga jo`natgan.

Holat 14 iyul kuni Kattaqo`rg`on tumani "Balandravot"  MFYga qarashli Tuynak qishlog`ida sodir bo`lgan. Bu haqda Viloyat IIB xabar qildi. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, hozirda bolalarning ahvoli yaxshi. Ular onasidan olinib, qarindoshlari qaramog`iga berilgan. Holat mutasaddilar nazoratiga olingan.

Boshqa yangiliklar