AsosiyJinoyat

Farg`onada 4 ta erkak bir ayolni urib, jinsiy tajovuz qilgani aniqlandi(video)

'Farg`onada 4 ta erkak bir ayolni urib, jinsiy tajovuz qilgani aniqlandi(video)'ning rasmi

Internet ijtimoiy tarmoqlarda Beshariq tumanida oilali, ikki nafar farzandli ayolni to`rt nafar erkak zo`rlanganligi haqidagi videoxabarlar tarqaldi. Holat Farg`ona viloyati IIB tomonidan o`rganib chiqildi.

Ma`lum bo`lishicha, 21.03.2023 kuni fuqaro A.Y. tanishlari I.Yu, J.S. va B.S.lar bilan fuqaro D.U (videotasvirdagi ayol)ni majburlab, Beshariq tumanidagi tashlandiq shiyponga olib borishib, zo`rlik ishlatib, urib-do`pposlab, B.S. bilan jinsiy aloqada bo`lgan holatini videotasvirga olishib, ushbu videotasvirni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo`rqitib, D.U.ning erkiga qarshi nomusiga tegib, jinsiy ehtiyojlarini qondirgan.

Sud tibbiy ekspertizasining 31.03.2023 kunidagi xulosasida D.U.ning o`ng bilagida qontalashi bo`lib, mazkur tan jarohati og`irlik darajasiga ko`ra 6 kundan ko`p davom etmaydigan engil shikastlar toifasiga kirishi, tanasining boshqa joylarida jarohatlar aniqlanmaganligi ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

29.06.2023 yil kuni tergov harakatlari yakunlanib, tegishliligi bo`yicha sudlov organiga yuborilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar