2023 yil yanvar-iyun oylarida soliq xizmati organlari tomonidan soliqlarni to`lamaslik xavfi yuqori bo`lgan 533 ta tadbirkorlik sub`ektida soliq auditi o`tkazildi. Bu haqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, bu ushbu davrda faoliyat ko`rsatgan jami soliq to`lovchilarning (569 ming) 0,09 foizini tashkil etadi.
-Aniqlangan soliq xavfi summasi – 255,5 mlrd so`m;
▫️Soliq auditida tasdiqlandi – 969 mlrd so`m.
Aniqlangan summa sohalar kesimida:
▪️savdo va umumiy ovqatlanish – 331 mlrd so`m (34,1%);
▪️ishlab chiqarish – 235,6 mlrd so`m (24,3%);
▪️qurilish sohasida – 133,2 mlrd so`m (13,8%);
▪️xizmat ko`rsatish – 89 mlrd (9,2%);
▪️qishloq xo`jaligi – 5,5 mlrd so`m (0,6%);
▪️transport – 4,9 mlrd so`m (0,5%);
▪️boshqa sohalar– 169,8 mlrd so`m (17,5%).
O`tkazilgan soliq auditlarida 171 ta soliq to`lovchida 1,2 trln so`mlik soliq bazasi yashirilgan:
- 124 ta sub`ektda 750,3 mlrd so`mlik realizasiya qilingan tovarlar summasi ko`rsatilmagan;
- 46 ta sub`ektda 406,8 mlrd so`mlik tovarlar inventarizasiya paytida ombor yoki realizasiya joyida mavjud bo`lmagan;
- 16 ta sub`ektda 43,3 mlrd so`mlik kirim qilinmagan tovarlar saqlangan va (yoki) realizasiya qilingan.
Bugungi kunga, aniqlangan soliq summalaridan to`lov muddati kelgan 518,9 mlrd so`mning 398,3 mlrd so`mi (77%) to`lab berildi.






