“Tez orada biz Tvitter brendi va asta-sekin barcha qushlar bilan xayrlashamiz”, deb yozdi Ilon Mask.
Biznesmen Twitter'ning kelajakdagi ehtimoliy dizaynini e`lon qildi, bu qora fonda X belgisidir.
“Agar bugun kechqurun etarlicha yaxshi X logotipi chop etilsa, biz uni ertaga butun dunyo bo`ylab ishga tushiramiz”, — deya qo`shimcha qildi Mask.
Bundan tashqari, u platformaning standart rangini qora rangga o`zgartirishni so`rab so`rovnoma boshladi. Hozirgacha ovoz berishda 500 mingdan ortiq Twitter foydalanuvchisi ishtirok etdi. Uchdan ikki qismi ijtimoiy tarmoqning asosiy rangini qora rangga o`zgartirish taklifini qo`llab-quvvatlamoqda.