23 iyul kuni Eron qurolli kuchlarining elita bo`linmalari "G`azo" deb nomlangan Shahed-149 uchuvchisiz apparatining takomillashtirgan versiyasini namoyish qildi. Bu haqda TASS agentligiga tayanib xabar bermoqda "zamon.uz"
Ma`lumotlarga ko`ra, taqdimot Isfaxon viloyatining Koshan shahridagi IRGK aviabazasida bo`lib o`tgan.
«G`azo» deb nomlangan dron 35 soatdan ortiq parvoz qilish va bitta missiyada 7 ming km masofani bosib o`tishi mumkin. U ishga tushirilgandan so`ng Eron harbiylariga razvedka ma`lumotlarini yaxshilash imkonini beradi.