AsosiyJamiyat

"Tan olinmagan farzandman". Abror Muxtor Aliy Botir Qodirovning otasi haqida gapirganlarini qoralab chiqdi (video)

'"Tan olinmagan farzandman". Abror Muxtor Aliy Botir Qodirovning otasi haqida gapirganlarini qoralab chiqdi (video)'ning rasmi

Sal avval xonanda Botir Qodirov bilan uyushtirilgan intervyudan parchalar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Unda xonanda o`zi bilan bog`liq doimiy shov-shuv bo`ladigan otasi haqida masalalarga to`xtalgan.

"Mening 15 nafar farzandim bor, ularning onalari boshqa-boshqa bo`lsa ham barchasini tan olaman va teng ko`raman. Men bu gaplarni nega aytyapman? Chunki vaqtida men tan olinmaganman, tan olinmagan farzandman. Erkak kishi bola unikimi, kimlardandir qo`rqib undan voz kechishi kerak emas, mard bo`lishi kerak..." deya o`z og`riqlari haqida gapirgan Qodirov.

Oradan bir muddat o`tib Botir Qodirovning ushbu gaplariga domla Abror Muxtor Aliy o`z munosabatini e`lon qildi. 

"Mendan ko`pchilik Botir Qodirovning ushbu chiqishiga munosabat so`rayapti. Balki xonanda yaxshi ota, yaxshi ijodkor, yaxshi inson, do`stdir. Ammo ota haqida bunday gapirish mumkin emas. O`g`il otasini mahkamaga bersa bo`ladimi deb, so`rashganida, hatto uning kovushini ham bera olmaydi, deb javob qaytarishgan. Balki otasi xato qilgandir, gunoh qilgandir, qilgan ishi o`zining bo`ynida. Biroq uning bu gunohini o`ziga ayb qilib aytishga, undan norozi bo`lishga farzandning haqqi yo`q. Men bu xonanda misolida boshqa barcha ota va farzandlarga ibrat qilib aytyapman", - deya o`z mulohazalarini keltirgan Abror Muxtor Aliy. 

Boshqa yangiliklar