1

O`zbekiston Qozog`istonga rekord miqdorda kartoshka eksport qildi

Iqtisodiyot 30.07.2023, 12:29
O`zbekiston Qozog`istonga rekord miqdorda kartoshka eksport qildi

O`zbekistondan Qozog`istonga o`zbek kartoshkasining etkazib berish hajmi kamida oxirgi yigirma yil ichida rekord darajaga etdi, deb xabar bermoqda "Zamon.uz" "EastFruit"ga tayanib.

O`zbekistonda aprel oyining birinchi o`n kunligida ulgurji bozorlarida joriy mavsumda yangi kartoshkaning birinchi yirik partiyalari 2022 yilga nisbatan qariyb uch hafta kechroq paydo bo`ldi. Joriy yilning yanvar oyida O`zbekistonda kuzatilgan anomal sovuq ob-havo tufayli respublikaning janubiy viloyatlarida kartoshka ekish o`tgan yilga nisbatan uch hafta kech boshlandi va shunga mos ravishda kartoshka yig`im-terimi ham kechikdi.

Biroq, shunga qaramay, ushbu mahsulotlarning ulgurji narxlari dinamikasida barqaror pasayish tendensiyasi shakllandi. Agar o`tgan yili yangi hosil bo`lgan kartoshka narxining pasayishi aprel oyining oxirida to`xtagan bo`lsa, joriy yilda ushbu mahsulotlarning ulgurji narxlari iyun oyining oxirigacha pasayishda davom etdi. Natijada narxlarning nisbatan arzonligi ushbu mahsulotlar eksportini rag`batlantirish omillaridan biriga aylandi.

O`zbekistonda kartoshka eksporti 2022 yilda may oyining uchinchi o`n kunligida yakunlangan bo`lsa, joriy yilda ushbu mahsulotning birinchi partiyalarini tashqi bozorlarga jo`natish may oyining uchinchi o`n kunligining o`rtalaridagina boshlandi. Biroq, kech boshlanganiga qaramay, joriy yilning may-iyul oylarida O`zbekiston qo`shni Qozog`istonga kamida so`nggi 20 yil ichida rekord miqdorda yangi kartoshka eksport qildi.

Dastlabki savdo statistikasiga ko`ra, 2023 yilning 21 mayidan 20 iyuliga qadar O`zbekiston qariyb 4 ming tonna kartoshka eksport qilgan va bu hajmning barchasi qo`shni davlat bozorlariga etkazib berilgan (Qozog`istonga 3,9 ming tonnadan ortiq).

So`nggi bir necha yil ichida Qozog`istonga o`zbek kartoshkasi eksporti dinamikasini hisobga oladigan bo`lsak, butun 2022 yilda O`zbekiston qo`shni Qozog`istonga 2,4 ming tonna, 2021 yilda esa 2,2 ming tonna kartoshka eksport qilgan. So`nggi yigirma yil ichida Qozog`istonga o`zbek kartoshkasini eksport qilish bo`yicha avvalgi rekord 2019 yilda o`rnatilgan — 3 ming tonna.

Shunday qilib, 2023 yilning may-iyul oylarida o`zbek kartoshkasining Qozog`istonga eksporti hajmi 2019 yilning avvalgi rekord ko`rsatkichidan 30 foizga oshdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1