Ijtimoiy tarmoqda “Asaka tumanida YHXB xodimi tomonidan 2 nafar shaxsga nisbatan yo`l transport hodisasi sodir etilsada, jazo muqarrarligi ta`minlanmaganligi haqida xabar joylashtirildi. Xabarga ko`ra, Asakada YPX xodimi katta tezlikda kelib 27 va 18 yosh aka-ukani urib ketgan, aka o`lgan, uka esa qora talog`ini oldirib hassaga tayanib, nogiron bo`lib qolgan. 5 oydan beri, halokatni sodir etgan xodimga jazo tayinlanmagani aytilgan.
Holat bo`yicha Andijon viloyati prokuraturasi ma`lumot taqdim etdi.
Aniqlanishicha, ushbu holat bo`yicha qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha Asaka tumani prokuraturasi tomonidan M.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan tergov harakatlari olib borilgan.
Tergov yakuniga ko`ra, M.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan ayblov e`lon qilingan va jinoyat ishi 14.06.2023 yilda jinoyat ishlari bo`yicha Asaka tumani sudiga yuborilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo`yicha sud muhokamasi o`tkazilmoqda.