1

Kuch va imkoniyatlar birlashuvi: yuksak samaradorlikka yo`l

Iqtisodiyot 12.08.2023, 23:16
Kuch va imkoniyatlar birlashuvi: yuksak samaradorlikka yo`l

Chirchiq shahridagi qishloq xo`jaligi mashinasozlik klasteri (AgroTech Klaster) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.11.2021 yildagi PQ–7-son qaroriga asosan qishloq xo`jaligi mashinasozligida ishlab chiqarish jarayonlarini maqbullashtirish, to`liq siklli ishlab chiqarish tizimini yaratish hamda ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish maqsadida tashkil etildi. Bir guruh jurnalist va blogerlar maskur zavodda bo`lib undagi imkoniyatlar bilan tanishdi, xususan Darakchi.uz muxbiri ham.

 

“UzAutosanoat” AJ ishonchli boshqaruvidagi AgroTech klaster bunyod etilishi mamlakatimiz agrar sohasi uchun katta yangilik hisoblanadi. Boisi bir nechta zavodni bir hududda jamlash, sanoat klasteri usulida ularning kuch va imkoniyatini yagona maqsadga yo`naltirish bilan bog`liq tajriba mamlakatimiz agrar sohasida ilk bor amalga oshirilmoqda.

AgroTech klasterning Chirchiq shahrida tashkil etilishi shahar sanoat tarmoqlarining ichki imkoniyatlaridan unumli foydalgan holda “Toshkent qishloq xo`jaligi texnikasi zavodi” AJ, “Agregat zavodi” AJ, “Texnolog” AJ, “Texnolog-Stan” MChJ, “Agrosanoatmashinvest” MChJ ishlab chiqarish quvvatlarining aksar qismi “Chirchiq qishloq xo`jaligi texnikasi” AJ hududda jamlanishi ishlab chiqarishning yagona zanjarini tashkil etish imkonini berdi.

Buning natijasida mamlakatimizdagi qishloq xo`jaligi texnikasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning mahsulot tannarxidagi logistika, amotrisasiya, ish haqi va soliqlar ko`rinishidagi xarajatlarni maqbullashtirilishiga olib keldi.

Zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish, o`z navbatida, mahsulot tannarxini yanada pasayishiga zamin yaratdi.

Yangi ish o`rinlari yaratilib, aholi bandligi ta`minlanadi.

Muhimi, mamlakatimiz qishloq xo`jaligi uchun zamonaviy qishloq xo`jaligi texnikalarini uzluksiz etkazib berish, ishlab chiqarish jarayonida sifat va samaradorlikka erishish uchun mustahkam poydevor yaratildi.

AgroTech klasterning tashkil etilishi qishloq xo`jaligi texnikalarini ishlab chiqarishda zamonaviy yondashuvning yo`lga qo`yilishiga, qishloq xo`jaligi texnikalarini ishlab chiqaradigan zavodlarni yagona hududda joylashtirish, kuch va imkoniyatni birlashtirish, ishlab chiqarish jarayonida yaxlitlikni ta`minlash orqali yuksak samaradorlikka erishish imkonini beradi. Misol uchun, ilgari foydalanilgan 1 200dan ortiq uskuna va jihoz hamda iqtisodiy samarasiz bo`lgan 28 turdagi texnikalar maqbullashtirilib, ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish 85 foizgacha, mahalliylashtirish darajasi esa 50 foizgacha etkaziladigan bo`ldi. Natijada ishlab chiqarish tannarxi o`rtacha 20 foizga pasayib, korxonalarning rentabellik darajasi 10 foizga oshishi kutilmoqda.

AgroTech klaster sal kam 15 gektar maydonda joylashgan bo`lib, ishlab chiqarish maydoni 73 600 metr kvadratni tashkil etadi.

Loyihaning asosiy maqsadi: milliy qishloq xo`jaligini zamonaviy texnikalar bilan ta`minlash hamda texnikalarni qardosh qo`shni davaltlarga eksport qilishdir.

AgroTech klaster quvvatlarida har yili 15 ming donagacha o`zi yurar, osma va tirkama texnikalarni ishlab chiqarish uchun barcha sharoitlar mujassam bo`ladi, chorvachilik, bog`dorchilik va sabzavotchilik sohasida talab yuqori bo`lgan yangi texnikalar o`zlashtirish ustida ishlar olib borilmoqda.

“AgroTech klaster”da 26 ta turdagi traktorlar, kombaynlar, kultivatorlar, omochlar, er tekislagichlar, boronalar, seyalkalar, purkagichlar, mineral o`g`it sochg`ichlar, oziqa o`rish mashinalari, zichlagich, kartoshka ekkich, savbzavot ekish mashinalari va boshqa texnikalar ishlab chiqariladi. Korxonada ishlab chiqariladigan qishloq xo`jaligi texnikalarining 80 foizi ichki bozorga, 20 foizi Qozog`iston, Azarbayjon, Turkmaniston davlatlariga eksport qilinadi.

Shuningdek, dilerlik markazlari faoliyati yo`lga qo`yilgan bo`lib, kooperasiya asosida hududlarda 24 ta servis markazlari tashkil qilingan, ulardagi mobil brigadalar 71 dona maxsus jihozlangan “Damas” rusumli avtomashinalar bilan ta`minladi, daladagi texnikalarga servis xizmatlarini ko`rsatish uchun ehtiyot qismlari zahiralari yaratildi.

Ishlab chiqarishda foydalanilayotgan uskunalarning ma`nan va jismonan eskirganligini inobatga olib, ularni bosqichma-bosqich modernizasiya qilish rejalashtirilgan. Xususun, birinchi bosqichi ya`ni 2023-2024 yillarda mexanik ishlov berish sexidagi sal kam 400 dona uskunalarni modernizasiya qilish orqali ularning soni qariyb 3 barobargacha maqbullashtirish ko`zda tutilgan.

Ma`lumot o`rnida: maqbullashtirish natijasida 2,2 mlrd so`mlik elektr energiyasini tejash hamda nuqsonli detallar ulushini qisqartirish hisobiga 10,5 mlrd so`m iqtisod qilish, pirovardida 17,4 mlrd so`m iqtisod qilinishi taxmin qilinmoqda.

Qolaversa, Klaster faoliyatida muqobil elektr energiyasi manbalaridan foydalanish ham nazarda tutilgan. Xususan, 20 ming kv. metr maydonda quyosh batareyalarini o`rnatish, ular yordamida har yili 2,6 GVt energiya olish orqali klasterning energiyaga bo`lgan talabining 30 foizini qoplash rejalashtirilgan.

Korxonada ishlab chiqariladigan zamonaviy qishloq xo`jaligi texnikalari narxlar va sifatning mutanosibligida texnikalarning yuqori samaradorligi hamda foydalanishda qulayligi bilan raqobatchilardan ajralib turadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1