AsosiySiyosat

O'zbekiston Xitoydan salmoqli 15 milliard dollarlik investitsiya o'zlashtirdi

Ushbu ma'lumot davlat rahbarining matbuot xizmati tomonidan ochiqlandi.

'O'zbekiston Xitoydan salmoqli 15 milliard dollarlik investitsiya o'zlashtirdi'ning rasmi

Bugun, 21 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashqi siyosat idoralari rahbarlari strategik muloqotining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Tashqi ishlar bo‘yicha komissiya devoni rahbari, tashqi ishlar vaziri Van I boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv avvalida Xitoy tashqi ishlar vaziri mamlakatimiz yetakchisiga Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli ikki tomonlama munosabatlar misli ko‘rilmagan yuqori darajaga ko‘tarilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

“O‘tgan yili tovar ayirboshlam hajmi 14 milliard dollarga yetdi, qo‘shma korxonalar soni qariyb 5 mingtani tashkil qilmogda, yil boshidan buyon Xitoydan salqam 15 milliard dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirildi. Texnologik sheriklik loyihalarining portfeli 90 milliard dollarga yaqinlashdi”,— deyiladi habarda.

Yuqori texnologiyalar, “yashil” va atom energetikasi, sun’iy intellekt, transport, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, geologiya, kimyo va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi. Barcha darajalarda aloqalar faollashdi, ikki mamlakat hududlari samarali hamkorlik qilmogda, ta’lim va madaniy-gumanitar sohada mazmunli almashinuvlar davom etmogda.

O‘zbekiston yetakchisi navbatdagi oliy darajadagi tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda ikki tomonlama hamkorlikni yangi amaliy mazmun bilan boyitish zarurligini ta’kidladi. “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihasini faol amalga oshirish va uni boshqa transport yo‘laklari bilan bog‘lash muhimligi qayd etildi. Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash va xavfsizlik masalalarida sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ko‘p tomonlama formatlarda yaqin siyosiy muloqot hamda hamkorlikni davom ettirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni qo‘llab-quvvatlash va qashshoqlikka qarshi kurashish, turizm va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish zarurligi ta’kidlandi.

Shu yilning noyabr oyi oxirida O‘zbekistonda bo‘lajak Xitoy madaniyati kunlarining muvaffaqiyatli o‘tkazilishiga ishonch bildirildi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Siyosat 10.12.2025 12:40

    'Markaziy Osiyo – Yaponiya birinchi sammiti sanasi ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Siyosat 09.12.2025 12:26

    Markaziy Osiyo – Yaponiya birinchi sammiti sanasi ma’lum bo‘ldi

    Tokioda oʻtadigan uchrashuv 19–20 dekabr kunlariga belgilandi

    'Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi'ning rasmi

    Siyosat 06.12.2025 17:17

    Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi

    Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi Long Yüsyen bilan ikki tomonlama hamkorlikning kengayishi va yangi loyihalarni muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qildi.

    'Londonda "O‘g‘irlanmagan kelin" qahramonlariga haykal qo‘yildi'ning rasmi

    Siyosat 05.12.2025 13:53

    Londonda "O‘g‘irlanmagan kelin" qahramonlariga haykal qo‘yildi

    Bollywoodning klassik filmi "O'g'irlanmagan kelin" 30 yilligi munosabati bilan London markazida Raj va Simran obrazlariga bag'ishlangan bronza haykal ochildi.

    '2026 йилдан Ўзбекистонда 65 мегаваттли кичик ва микро ГЭСлар барпо этилади'ning rasmi

    Siyosat 05.12.2025 13:45

    'Prezident: “Energetika tizimida ishonchli ta’minot va yashil manbalarga o‘tish — asosiy vazifamiz”'ning rasmi

    Siyosat 05.12.2025 12:48

    Prezident: “Energetika tizimida ishonchli ta’minot va yashil manbalarga o‘tish — asosiy vazifamiz”

    Oʻzbekistonda energetika sohasiga jalb etilgan investitsiyalar va ishga tushirilgan yangi quvvatlar hisobiga elektroenergiya ishlab chiqarish sezilarli oshdi.