1

II MDH o`yinlarida O`zbekiston delegasiyasi 106 ta medalni qo`lga kiritdi

Sport 14.08.2023, 16:09
II MDH o`yinlarida O`zbekiston delegasiyasi 106 ta medalni qo`lga kiritdi

II MDH o`yinlari o`z yakuniga etdi. O`zbekiston delegasiyasi unda 28 ta oltin, 25 ta kumush va 53 ta bronza, jami 106 ta medal bilan umumjamoa hisobida 3-o`rinni egalladi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bu bilan delegasiyamiz umumiy va oltin medallar soni bo`yicha MDH o`yinlaridagi eng yaxshi natijasini yangiladi.

Ochiq formatda o`tgan mazkur musobaqada MDH mamlakatlaridan tashqari 13 davlat vakillari o`z omadini sinab ko`rishdi. Umumiy hisobda, bu yilgi O`yinlarda 20 sport turida 246 ta medallar jamlanmasi o`ynaldi. Bugun musobaqaning tantanali yopilish marosimi o`tkazildi. Tadbir davomida musobaqa bayrog`i 2025-yil o`tkaziladigan uchinchi MDH o`yinlari mezboni Ozarbayjonga topshirildi. Yakuniy kun dasturida quyidagi hamyurtlarimiz shohsupadan joy olishdi:

Oltin:

Qobuljon Ahmedov (-64 kg, sambo)

Ixtiyor Eshmurodov (-98 kg, sambo)

Nazina Abdullaeva (-45 kg, muay-tay)

Anisjon Hakimov (-57 kg, muay-tay)

Kumush:

Muxlisaxon Qodirberganova (-65 kg, sambo)

Jasmina Immaeva (-53 kg, ayollar kurashi)

Sevinch Toshpo`latova (-67 kg, muay-tay)

Zubayr Husanov (-54 kg, muay-tay)

Muxlisbek G`anijonov (-67 kg, muay-tay)

Abdulfattoh Aliakbarov (-71 kg, muay-tay)

Alisulton Hojiev (-84 kg, karate)

Bonu Egamberdieva (-68 kg, karate)

Mohlaroyim Hakimjonova (+68 kg, karate)

Bronza:

Voleybol bo`yicha yigitlar terma jamoamiz

Madina Salohiddinova (-80 kg, sambo)

Charos Ozodova (+80 kg, sambo)

Nigina Sobirova (-62 kg, ayollar kurashi)

Feruza Esenbaeva (-68 kg, ayollar kurashi)

Anastasiya Zayseva (-51 kg, muay-tay)

Aziza Ma`murova (-60 kg, muay-tay)

Davlat Shamsiev (-60 kg, muay-tay)

Ilyos G`ulomjonov (-63.5 kg, muay-tay)

Rahmatjon Xodjaev (-75 kg, muay-tay)

Samandar Abdiev (kata, karate)

Zulxumor Tursunalieva (-61 kg, karate)

Iroda Akbarova (-68 kg, karate)

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1