Malayziya Davavianazorati ko`rsatmasiga binoan va parvozlar xavfsizligini ta`minlash maqsadida Malayziyadan uchib keladigan yo`lovchilarga “O`zbekiston havo yo`llari” MAK havo kemalari sahnida Samsung Note 7 markadagi uyali telefonlarni (smartfonlarni) olib ketish taqiqlanadi.
Cheklovlar ilgari ro`y bergan Samsung Note 7 markadagi smartfonlarning yonib ketganligi holatlari munosabati bilan kiritilgan bo`lib, shu sababli yo`lovchilar smartfonni qo`l yuki sifatida olib ketishlari, bagajga topshirishlari yoki Malayziyadan uchib ketadigan qatnovlarda yuk sifatida jo`natishlari mumkin emas.
Ushbu ko`rsatmaga qat`iy rioya etishingizni so`raymiz.