Terrorchilik tashkilotlaridan biriga rahbarlik qilgan O`zbekiston fuqarosi Suriyadagi janglardan birida halok bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahri IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, 1972 yilda tug`ilgan Ulug`bek Babamuratov Toshkent shahri Yunusobod tumanida vaqtincha ro`yxatdan o`tgan. 2009−2010 yillarda Termiz shahrida "Jihodchilar jamoati"ni tashkil qilgan.
2011 yilda guruh a`zolarining ko`pchiligi hibsga olingan, qolganlariga qidiruv e`lon qilingan. Bu paytda Rossiyada bo`lgan "Termiz jamoati" a`zolari Turkiyaga qochib o`tgan.
2013 yil may oyida Ulug`bek Babamuratov Suriyada "Katibat ul imom al-Buxoriy" xalqaro terrorchilik tashkilotini tuzgan. O`sha paytda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 244−2-moddasi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qidiruvga berilgan. Guruh a`zolarining ko`pchiligi hibsga olingan, qolganlariga qidiruv e`lon qilingan. Rossiyada bo`lgan "Termiz jamoati" a`zolari Turkiyaga qochib o`tgan.
Ayni paytda Babamuratov Ulug`bek Abdurasulovich Suriyadagi jangovar harakatlar chog`ida vafot etgani to`g`risida tezkor ma`lumotlar olingan.