1

iPhone 15 ko`rinishi va ranglari qanday bo`lishi e`lon qilindi (video)

Hi-tech 08.09.2023, 12:26
iPhone 15 ko`rinishi va ranglari qanday bo`lishi e`lon qilindi (video)

Tarmoqda kelasi hafta e`lon qilinishi kutilayotgan iPhone 15 ning tashqi ko`rinishini baholash imkonini beruvchi qisqa video paydo bo`ldi. Tomoshabinlarga birinchi navbatda qurilmalarning rang sxemasini muhokama qilish taklif etiladi.

iPhone 15 ning ranglari allaqachon zerikarli deb atalgan. Videoda smartfonning ko`k, pushti, oq, sariq va qora ranglardagi maketlari aks etgan. Qoradan tashqari barcha ranglar xira ko`rinadi va unchalik qiziq emas.

Eslatib o`tamiz, iPhone 15 Dynamic Island kesilgan displey, USB-C port va 48 megapikselli kameraga ega bo`lishi kutilmoqda. Uning 6,1 va 6,7 ​​dyuymli displeyli versiyalari mavjud.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1