AsosiyIqtisodiyot
3933

Endilikda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlariga birinchi o`quv yili uchun kontrakt puli to`lab beriladi

'Endilikda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlariga birinchi o`quv yili uchun kontrakt puli to`lab beriladi'ning rasmi

“Temir daftar”ga kam ta`minlangan oila deb e`tirof etilgan, ijtimoiy yordamga muhtoj  I va II guruh nogironligi bo`lgan a`zolari mavjud oilalar, kam ta`minlangan yakka-yolg`izlar va keksalar, boquvchisini yo`qotgan ehtiyojmand oilalar, ko`p (4 va undan ortiq) farzandli moddiy ko`makka muhtoj oilalar, mehnatga layoqatli ishsiz a`zolari mavjud ehtiyojmand oilalar, tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalar, noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o`zi yoki birgalikda yashovchi oila a`zolarining nomida turar joy bo`lmagan ehtiyojmand oilalar kiritiladi.  

Bunda agar yuqoridagi toifalarga mos keladigan oilalarning a`zolari mos ravishda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga ham kiritilgan bo`lsa, ushbu oilalar ro`yxati “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ham yuritiladi.  

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar quyidagi sabablar bilangina mazkur daftardan chiqarilishi mumkin:  

– bandligi ta`minlangan yoki doimiy daromad manbaiga ega bo`lganda;  

–bir martalik moddiy yordam ko`rsatish orqali muammosi hal etilganda oila a`zosining roziligi bilan;  

–malakali tibbiy xizmat ko`rsatilganda;  

–to`liq davlat ta`minotiga olinganda;  

–aniqlangan boshqa muammolari qonuniy hal etilganda;  

–yolg`iz yashaydigan ehtiyojmand fuqaro ozodlikdan mahrum etilganda yoki vafot etganda;  

–oila a`zosining murojaatiga asosan;  

“Temir daftar”ga noqonuniy kiritish holati aniqlanganda;  

boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda.  

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlariga birinchi o`quv yili uchun kontrakt puli to`lab beriladi.  

“Temir daftar”ga ikki va undan ortiq masalalarini hal etish uchun kiritilgan oilalarning barcha masalalari to`liq hal etilishi daftardan chiqarish uchun asos bo`ladi.  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar