1

Ayoli va farzandini xo`rlagan johil 18 yil umrini qamoqda o`tkazadigan bo`ldi

Jinoyat 24.10.2016, 11:56
Teglar: Jazo, Ayol, Jinoyat
Ayoli va farzandini xo`rlagan johil 18 yil umrini qamoqda o`tkazadigan bo`ldi

 

Nizoga sabab bo`lgan kasseta, o`n yillik asossiz zug`umlar va vahshiylik iskanjasi tafsiloti

Xalqimizda shunday maqol bor: “Sabr qilsang g`o`radan holva unar...” Ammo hayotda ba`zida buning aksiga ham guvoh bo`lish mumkin. “Huquq” gazetasining 40-sonida keltirilgan bir jinoyat ishi misolida siz ham shunday xulosaga kelsangiz ajab emas...

Dadasi, kuyovingiz mehmonga chaqirayapti, borib kelamizmi? — dedi Zuhra opa (jabrlanuvchilarning ism-familiyalari o`zgartirilgan) tomorqadan chiqib kelayotgan eriga.

— Qanday bo`larkin? O`g`ling hali to`yning kassetasini ham tayyor qilgani yo`q. Qizingni bezovta qilib qo`ymasmikinmiz?

— Yuraqoling endi. Kassetani keyinroq olishar. Bahonada ulardan xabar olib qaytamiz.

Kechga yaqin Zuhra opa eri bilan kuyovining uyiga bordi. Zoira kelinlik libosida yanayam ochilib ketganligini ko`rib, "iloyim, baxtli bo`lgin", deya duo qilishdi. Kuyov ham qaynona-qaynotasini iliq kutib oldi...

NIZOGA SABAB BO`LGAN KASSETA

To`yning kassetasini olib kelishmabdimi? — so`radi Dilshod mehmonlar ketgach dasturxonni yig`ishtirayotgan xotinidan.

— Hali tayyor bo`lmabdi. Keyinroq keltirib berisharkan, — dedi Zoira eriga jilmayib.

Bu javobdan Dilshodning kayfiyati buzildi. Xotiniga zarda qildi.

— Ukangning tayini yo`qligini boshdan bilardim. Boshqa videochi chaqirsam bo`larkan. He, urug`ing-ni...

Zoira birinchi bor bunday haqoratli so`zni eshitishi edi. O`zini qo`lga olib, "Bitta kasseta uchun so`kinish shartmi", dedi.

Dilshod javob berish o`rniga Zoiraning yuziga tarsaki tushirdi. Hali chillasi ham chiqmagan kelinchak uchun bu kutilmagan zarba bo`ldi. Zoira oldinda uni bundan ham battar ko`rguliklar kutib turganini hali bilmasdi.

O`N YILLIK ASOSSIZ ZUG`UMLAR

Oradan yillar o`tdi. Oilada farzand dunyoga keldi. Dilshod tez-tez ichib kelib, to`polon ko`tarar, keyin mushtiga erk berardi. Yoshgina ayol erining asossiz zug`umlari ostida kun sayin hayotdan bezib borardi.

Oradan o`n yil o`tsa-da, Dilshodning fe`li o`zgarmadi. Ba`zan ko`chadan eshitgan g`iybat gaplar, ba`zan esa arzimagan bahona sabab Zoiraga kun bermadi. Ayol bu xo`rliklarga chiday olmay, o`z jo-niga qasd qildi. Xayriyatki, shifokorlarning yordami bilan uning hayoti saqlab qolindi. Xotinining bu harakatidan Dilshodning bir muddat ko`zi ochilgandek bo`ldi. Biroq ko`p o`tmay, eski odati qo`zib, yana Zoirani kaltaklay boshladi.

Zuhra opa qizi xo`rlanib yashayotgani uchun ich-ichidan ezilib yurardi. Ammo kuyovining bir kun insofga kelishidan umidvor edi.

PUChGA ChIQQAN UMID

Zuhra opa qizidan xabar olish uchun uning uyiga bordi. Hovlidagi baqir-chaqirdan kuyovi yana janjal qilayotganligini tushundi.

Dilshod qaynonasini ko`rgach, battar jahli chiqdi. Go`yo xotini shikoyat qilgandek tuyuldi. Shunday xayol bilan yaqinida turgan oftobani olib, Zoiraga otdi. Haytovur mo`ljaldan adashdi. Yo`qsa...

— Bunchalikmas-da, endi kuyov, — dedi Zuhra opa oshkora jahl bilan. — Qaysi aybi uchun qizimni buncha xo`rlayapsiz? Yashagingiz kelmas ekan, ana, sudga murojaat qiling, qonuniy ajrashing.

Zuhra opa boshqa gapirmadi. Ichkarida ularni qo`rquv bilan kuzatib turgan nabirasiga ko`zi tushdi. Qiziga, nabirasiga rahmi kelib, bo`g`ziga tiqilgan yoshini tutib tura olmadi.

— Qizing mendan o`lib ajraladi. Boshqa yo`li yo`q, — Dilshod chorasiz qaynonasiga g`azab bilan o`shqirib ko`chaga chiqib ketdi. 

* * *

— Qaerdasan? He...

Zoira darvozadan arang kirib kelayotgan erini ko`rib muqarrar to`polonni his qilib, noiloj qarshisiga chiqdi. Devorga suyanib turgan erini uyga olib kirish uchun qo`ltig`idan tutdi. Ammo Dilshod uni tepib yubordi. Keyin ustma-ust yuz-kuzi aralash musht tushirdi. Zoira amallab ko`chaga qochib chiqdi va to`g`ri mahalla uchastka noziriga bordi.

Shu kuni Dilshodni narkologiya dispanseriga olib ketishdi. Zoira o`g`lini etaklab otasining uyiga bordi.

Dilshod dispanserdan chiqib, uyiga kelganida xotini va o`g`li hali qaytmagandi. Xotini qaytavermagach, uni o`ldirib, qutulishga ahd qildi. Oshxonadan pichoq olib, qaynonasining uyiga yo`l oldi.

VAHShIYLIK ISKANJASI

Bu yoqqa kel!

Bahromjon otasiga ko`zi tushdi-yu, qo`rqib onasining oldiga yugurdi. Dilshod o`g`lini yana chaqirdi. Bahromjon, agar kelmasa, dadasi onasini kaltaklashini bilib, unga sekin yaqinlashdi. Dilshod o`g`lini bo`yi baravar ko`tardi va erga uloqtirdi. Buni ko`rgan Zoira bolasiga yordamga oshiqdi.

— Insofing bormi? Axir, o`z bolang-ku! — ko`ksida yillar davomida yig`ilib yotgan xo`rlik bosh ko`tarib, Zoira ilk bor eriga tik gapirdi. Zoira o`g`lining yuz-ko`zini artib turarkan, ko`chaga chiqib ketgan Dilshod yana qaytib keldi. Bu safar o`g`lining yuziga tarsaki tushirdi. Bola hovlidan o`tgan ariqqa yiqildi. Dilshod esa vaziyatdan foydalanib, bolasini ko`tarishga urinayotgan Zoiraning bo`yniga pichoq sanchdi...

Hovlida qiy-chuv ko`tarildi. Bu voqeani ko`rib, bozordan qaytayotgan Zuhra opaning esi og`ayozdi. Zoiraning jonsiz tanasini quchib, o`kirib yig`lardi...

Jinoyat ishlari bo`yicha viloyat sudi Dilshod Narzievga uzil-kesil 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Sharhlar

Jizzaxda 39 yoshli erkak xotinini urib o`ldirdi (video)

07.09.2022, 12:07

Jizzaxda ayol o`z eri tomonidan o`ldirildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 2 sentyabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangihayot...
Namanganda 21 yoshli yigitni qotiliga aylangan blogerga nisbatan qamoq jazosi tayinlandi

10.01.2022, 21:58

Namanganda 150 ming so`m evaziga Instagram sahifasidagi obunachilarini ko`paytirish ortidan ikki bloger o`rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik qotillik bilan tugadi.Qayd etilishicha, hodisa Chust tumanida o`tgan yilning...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Rossiyada vaksinadan bosh tortgan xodimlar jazolanmoqda

16.08.2021, 12:20

Rossiyada vaksinadan bosh tortgan xodimlar jazolanmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi.Unga ko`ra, Rossiyadagi har beshta kompaniyaning biri koronavirusga qarshi vaksina olishdan bosh...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1