1

“Fitch Ratings” “O`zbekneftgaz” AJning xalqaro kredit reytingini “BB-” “barqaror” darajasida qayta tasdiqladi

Iqtisodiyot 22.09.2023, 20:48
“Fitch Ratings”  “O`zbekneftgaz” AJning xalqaro kredit reytingini “BB-” “barqaror” darajasida qayta tasdiqladi

“Fitch Ratings” agentligi “O`zbekneftgaz” AJning xalqaro kredit reytingini “barqaror” bashorati bilan “BB-” darajasida qayta tasdiqladi.

2021 yilning fevral oyida Jamiyatda xalqaro kredit reytinglarini olish bo`yicha tizimli ishlar boshlangan edi. O`tgan ikki yil davomida xalqaro reyting agentliklaridan reytinglar davomiy olib kelinmoqda.

“Fitch Ratings” agentligi tomonidan berilgan navbatdagi hisobotda “O`zbekneftgaz” AJning davlat bilan mustahkam aloqalari reyting baholashning asosiy omillari sifatida ta`kidlangan. Shu bilan bir qatorda kelgusi yillar davomida Jamiyatning “Upstream” (qazib chiqarish va gelogik qidiruv ishlari) ko`rsatkichlari keng miqyosda barqaror deb qayd etilgan.

Ta`kidlash joizki, "O`zbekneftgaz" AJ mamlakat iqtisodiyoti real sektorida suveren darajada xalqaro kredit reytingini olgan va saqlab kelayotgan birinchi kompaniya hisoblanadi.

Ma`lumot uchun: “Fitch Ratings” - amerika korporasiyasi bo`lib, asosan reyting agentligi sifatida tanilgan. Xalqaro reyting agentliklarining “Katta uchlik”gidan o`rin olgan. Kompaniya jahon kredit bozorlarini mustaqil va istiqbolli kredit reytinglari, tushunchalar va ma`lumotlar bilan ta`minlashga ixtisoslashgan.

Kredit reytingi - bu risk omillarini baholash asosida qarz oluvchining umumiy to`lovni amalga oshirishga layoqati yoki muayyan qarz majburiyatlari haqida qarz oluvchining kredit to`loviga layoqatliligi bo`yicha reyting agentligining fikrini anglatadi.

“BB-” darajasi kredit xavflari mavjud bo`lishiga qaramay kompaniya investorlar va kreditorlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajara olishini bildiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1