Toshkent viloyatining tog`li hududlarida yarim tonna chiqindi yig`ildi

Jamiyat 27.09.2023, 21:09
Toshkent viloyatining tog`li hududlarida yarim tonna chiqindi yig`ildi

Toshkent viloyatining tog`li hududlarida yarim tonna chiqindi yig`ildi. 24 sentyabr kuni Toshkent viloyatida "UzPlogging" tadbiri bo`lib o`tdi.  

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi tomonidan "ProRun" yugurish maktabi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda 230 dan ortiq ishtirokchi, jumladan, ekologiya faollari, vazirlik va idoralar, xususiy korxonalar, ommaviy axborot vositalari va blogerlar qatnashdi.

Plogging davomida ishtirokchilar 500 kg aralash chiqindi yig`ishdi va yon-atrofni plastik, shisha va boshqa chiqindilardan tozalashdi.

"Bunday tadbirlar nafaqat tabiatga, balki jamiyatga ham foydali. Biz insonlar muhim maqsad uchun birlashganini ko`rdik. Demak, birgalikda harakat qilsak, katta o`zgarishlarga erishishimiz mumkin", — dedi "ProRun" maktabi rahbari Andrey Kulikov.

Avvalroq "Butunjahon tozalik kuni"ga bag`ishlangan ekologik aksiya o`tkazilgani haqida xabar bergan edik.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1