1

Endi mayning faoliyati quyosh energiyasi bilan amalga oshiriladi

Iqtisodiyot 04.10.2023, 11:20
Endi mayning faoliyati quyosh energiyasi bilan amalga oshiriladi

“Mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to`g`risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi (ro`yxat raqami 3461, 29.09.2023 y.)

Nizom bilan O`zbekiston hududida mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish hamda faoliyatni tashkil etish tartibi belgilandi.

Unga ko`ra, mayning faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Maynerlar iste`mol qilingan elektr energiyasini hisobga olish uskunasini o`rnatib, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yagona elektr energetika tizimiga ulanishi mumkin.

Maynerlar o`z faoliyatini faqat ro`yxatga olingan paytda ko`rsatilgan manzilda, yong`in xavfsizligi hamda sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirish huquqiga ega.

O`zbekiston hududida quyidagilarni amalga oshirish taqiqlanadi:

  • yashirin mayningni;
  • anonim kripto-aktivlar mayningini;
  • ro`yxatga olingan paytda ko`rsatilgan manzilga mos kelmaydigan manzilda mayningni;
  • ruxsatnomasiz mayningni.

Maynerlar mayningni amalga oshirish natijasida olingan kripto-aktivlarni O`zbekistonda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyati bilan shug`ullanish uchun lisenziyaga ega bo`lgan kripto-birjalar orqali sotishga haqli.  

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (vakolatli organ) rahbari tomonidan tasdiqlangan ekspert komissiyasi taqdim etilgan arizani 15 kunda ko`rib chiqadi hamda ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish to`g`risida xulosa tayyorlaydi.

Vakolatli organ ekspert komissiyasining xulosasi asosida 5 kun ichida ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish to`g`risida qaror qabul qiladi.

Ruxsatnoma vakolatli organ tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun ichida QR-kod (matrik shtrixli kod) qo`yilgan holda elektron hujjat tarzida rasmiylashtiriladi.  

Arizani ko`rib chiqish hamda ruxsatnoma rasmiylashtirish uchun yig`im undirilmaydi. Ruxsatnoma 5 yil muddatga beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1