AsosiyDunyo

AQShda ommaviy otishma ro`y berdi. 22 kishi vafot etgan (video)

'AQShda ommaviy otishma ro`y berdi.  22 kishi vafot etgan (video)'ning rasmi

AQShning Meyn shtatidagi Lyuiston shahrida qurolli shaxs odamlarni o`qqa tutgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, kamida 22 kishi halok bo`lgan, 50 dan ortiq kishi esa jarohatlangan.

AQSh polisiyasiga ko`ra, qurollangan odam haligacha topilmagan. Polisiya shuningdek, jinoyatchi qurolli va o`ta xavfli ekani haqida aholini ogohlantirgan.

Aytilishicha, gumonlanuvchi 40 yoshli Robert Kard ismli shaxs bo`lgan.

Jinoyatchi topilgunicha shahar aholisiga xavfsiz joylarda boshpana topish tavsiya etilgan va butun shaharda karantin joriy qilingan.

"Lyuistonda kuchli otishma ro`y berdi. Biz aholidan o`z uylarida qolishlarini so`raymiz. Iltimos, uylaringizda qoling va eshiklaringizni qulflang" deya yozgan Meyn shtati polisiyasi o`zining X ijtimoiy tarmog`idagi sahifasida.

Shuningdek, polisiya jinoyatchining shaxsini aniqlash uchun yordam so`ragan. Mamlakat prezidenti Jo Bayden esa voqeadan boxabar qilingan.

    Boshqa yangiliklar