Isroil tomoni HAMAS vakillarini Moskvaga borgani munosabati bilan Rossiyaga keskin norozilik bildirdi.
Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashining HAMASni qoralovchi rezolyusiyasiga veto qo`yganidan bir kun o`tib, harbiy guruh delegasiyasi Moskvaga borgan.
«Isroil XAMASning yuqori martabali mulozimlarini Moskvaga taklif qilishni terrorizmni qo`llab-quvvatlovchi va XAMAS terrorchilarining vahshiyliklarini qonuniylashtiradigan nomaqbul qadam deb hisoblaydi», deydi Isroil Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Lior Hayat.
Isroilning Rossiyaga nisbatan ommaviy tanqidi kam uchraydi, deya qayd etadi nashr.






