AsosiyHi-tech

Zamonaviy texnologiyalar – rivojlanish garovovidir

'Zamonaviy texnologiyalar – rivojlanish garovovidir'ning rasmi

O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatimizni dunening iqtisodiy rivojlangan davlatlar qatoriga qiritishdir. Bunda alohida e`tibor ilg`or axborot-kommunikasiya texnologiyalarini davlat va jamiyatning barcha sohalariga keng tatbiq etishga qaratilgan.

Jumladan, 2022 — 2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasida raqamli iqtisodiyotni asosiy «drayver» sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish, bu boradagi eksport hajmini 500 million dollarga etkazish asosiy maqsadlardan biri ekanligi qayd etilgan.

Shu bilan birga raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, mablag` va mehnat resurslarini talab etadi.

Ohirgi 7 yilda raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun 1,3 mlrd. AQSh dollari jalb etilib, shundan 54 foizi (700 mln. AQSh dollari) to`g`ridan-to`g`ri chet el investisiyalariga to`g`ri keldi.

Telekommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirish yo`nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, optik tolali aloqa liniyalari uzunligi 20 mingkm.dan 170 ming km. etib, 8,5 barobarga oshdi. Internet tarmog`iga ulanishning umumiy o`tkazuvchanlik qobiliyati 58barobarga oshirilib, uning tezligi 55 Gb/s dan 3 200 GB/s ga etkazildi.

Eng muhimi, internet narhini tushirishga erishildi. Xalqaro internetga ulanish narxi operator 
va provayderlar uchun qariyb 33 barobarga arzonlashdi.Natijda 1 Mbit/s uchun Internetga ulanish narxi 30 ming so`mgacha pasaytirildi. O`z navbatida so`nggi 7 yil mobaynida mobil internet narxi qariyb 9 barobar arzonlashdi

Buning natijasida Internet abonentlari soni 2016 yilda 22 mln. tani tashkil qilgan bo`lsa, 2022 yil yakuni holatiga 31,1 mln.  tashkil etgan.

So`nggi uch yarim yilda 31,4 ming ta qo`shimcha tayanch stansiyalari o`rnatilib ularning umumiy soni 57,4 mingtaga etkazildi, respublika bo`yicha mobil aloqa qamrovi darajasi99 foizga (mobil aloqa abonentlari soni 31,9 mln.), keng polosali mobil Internet qamrovi 98 foizga etkazildi.

2018 yilda aholini raqamli televidenie bilan to`liq qamrab olish yakunlandi, bu ko`rsatkich 2016 yilda 68 foizni tashkil etgan.

2022 yil yakuni bo`yicha raqamli iqtisodiyot sohasining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2,77 foizgaetkazildi. Bunda, AKT sohasida ko`rsatilgan xizmatlar hajmi esa 3,6barobarga oshib, 22,9 trln.so`mni tashkil etdi.

Mamlakatimiz tomonidan erishilgan yutuqlarni xalqaro hamjamiyat e`tirof etdi. Jumladan, oxirgi ikki yilda Global innovasion indeks reytingida AKT xizmatlari eksporti ko`rsatkichi bo`yicha 42 pog`onaga oshdi (129-o`rindan 87-o`ringa ko`tarildi). 7 yil ichida mobil internet narxireytingida 68 o`rindan 15 o`ringa ko`tarildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar