AsosiyJamiyat
44020

Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

'Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)'ning rasmi

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.

Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan, hali kindigi ham kesilmagan qiz bola jinsidagi chaqaloq tashlab ketilgan. Kun botishiga yaqin erni aylanib yurgan fuqaro chaqaloq ovozini eshitadi va u tomonga yaqinlasha boshlaydi. Avvaliga it bolasi bo`lsa kerak deb o`ylagan erkak, yaqinlashgan sari chaqaloqning chinqirab yig`layotganiga guvoh bo`ladi. Go`dak ko`rpachaga o`rab qo`yilgan bo`lgan. Erkak nima qilishni bilmay, birdan o`g`liga qo`ng`iroq qiladi. O`g`li esa uchastka noziri bilan bog`lanadi. Inspektor, bolaning oldida bo`lgan erkakka zudlik bilan bolani ko`rpachaga o`rab, katta ko`chaga olib chiqishini so`raydi. Tez yordam ham chaqiriladi. Biroq, inspektor tez yordam mashinasidan avval chaqaloqni o`zi mashinaga solib shifoxonaga etkazadi. 

"Yaxshiyam dalani aylanib, ovozni eshitib, chaqaloqni ko`rib qolibman. Yo`qsa bir soatdan keyin qorong`u tushardi, atrofda esa itlar yurgandi", - deydi go`dakni ko`rib qolgan fuqaro.

Bola asrab qolinadi, biroq u uzoq muddat sovuqda qolib ketgani sabab tanasida harorat pasayib ketgan. Shifokorlarning aytishicha, chaqaloq dunyoga kelganiga bir kun bo`lgan. Hozirda chaqaloqning onasini topish bo`yicha IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, ma`lum bo`lishicha, go`dakni asrab olish maqsadida ko`plab fuqarolar murojaat qilishmoqda. 

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar