1

Shavkat Mirziyoev Japarov bilan uchrashdi

Siyosat 08.11.2023, 19:17
Shavkat Mirziyoev Japarov bilan uchrashdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev IHT sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo`lib turgan Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv o`tkazdi.

O`zbekiston bilan Qirg`iziston o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko`rib chiqildi.

O`zaro savdo hajmi jadal sur`atda o`smoq, sanoat, energetika, qishloq xo`jaligi, transport va boshqa ustuvor yo`nalishlarda kooperasiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Tadbirlarga boy madaniy-gumanitar hamkorlik dasturi ro`yobga chiqarilmoqda.

O`zbekiston va Qirg`iziston etakchilari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhimligini qayd etdilar.

Davlat rahbarlari Markaziy Osiyo mintaqasidagi yirik infratuzilma loyihalarini tez fursatda boshlash masalalariga alohida to`xtaldilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1