1

Mirziyoev Erdo`g`on bilan uchrashuv o`tkazdi

Siyosat 08.11.2023, 19:19
Mirziyoev Erdo`g`on bilan uchrashuv o`tkazdi

8 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 16-sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`on bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.

O`zbekiston bilan Turkiya o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish masalalari ko`rib chiqildi.

O`zaro muloqot va almashinuvlar faol davom ettirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi, to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlar soni, sayyohlar oqimi ortib bormoqda.

Mamlakatimizda Turkiyaning etakchi kompaniyalari ishtirokida yirik investisiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Yil boshidan 500 million dollardan ortiq to`g`ridan-to`g`ri sarmoyalar jalb qilindi, 200 dan ziyod yangi korxonalar tashkil etildi.

Savdo, sanoat, innovasiyalar, energetika, transport, ta`lim, madaniyat, turizm va boshqa sohalardagi qo`shma loyiha va dasturlarni jadallashtirish muhimligi ta`kidlandi.

Bo`lajak tadbirlar rejasi, shu jumladan O`zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig`ilishiga tayyorgarlik ko`rib chiqildi.

Davlat rahbarlari mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1